"Ko‘pchiligimiz uchun yoz – eng sevimli fasllardan biridir. Issiq ob-havoni yoqtiramiz, har qanday imkoniyatdan foydalanib sayr qilish, tabiat qo‘yniga yoki suv bo‘yiga chiqishga harakat qilamiz. Biroq, quyoshning zararli ultrabinafsha nurlanish manbai ekanligini va jazirama ob-havo organizmimiz uchun katta stress bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Jazirama ob-havoda ko‘cha qoidalariga rioya qilmaslik turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin – quyosh yoki issiqlik urishidan tortib, erta qarish va teri saratonigacha. Yozgi issiqda tanani maksimal darajada himoya qilish uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling:
- To‘g‘ri kiying. Och rangli kiyimlar quyosh nurlarini aks ettiradi va sekinroq qiziydi. Qora kiyimlar esa, aksincha, issiqlikni o‘ziga tortadi. Eng qulay kiyim – tabiiy va nafas oladigan matolardan tikilgan, keng kesimli kiyimlar. Shuningdek, bosh kiyimini unutmaslik muhim!
- Tanani suvsizlanishdan saqlang. Ko‘proq suyuqlik iching – oddiy suv, mineral suv, limonad va mors ichimliklari mos keladi. Biroq gazli ichimliklar, spirtli ichimliklar va energetik ichimliklar tarkibidagi shakar sababli chanqoqni yanada kuchaytirishi mumkin. Tanani sovutish uchun ham harakat qiling – kun davomida sovuq dush qabul qiling, yuzingizni yuvib yoki nam salfetkalar bilan artib turing.
- Ko‘chada bo‘lish vaqtini cheklang. Uyda yoki ofisda xonalarni tez-tez shamollating yoki konditsionerdan foydalaning. Transportda sayohat qilishni ham imkon qadar kamaytiring – jazirama tor joylarda yanada keskinroq seziladi.
- Faqat maxsus ajratilgan joylarda cho‘miling. Jihozlanmagan, odam gavjum bo‘lmagan plyajlar, tashlandiq karyerlar va kuchli oqimli daryolarni yodingizdan chiqaring! Hech qachon mast holatda suvga tushmang.
- To‘g‘ri ovqatlaning. Yozda organizm sovuq fasllarga qaraganda kamroq energiyaga ehtiyoj sezadi. Kaloriyali mahsulotlarni iste’mol qilishni kamaytirish yoki butunlay voz kechish tavsiya etiladi. Qovurilgan, dudlangan, shirin va sho‘r mahsulotlardan uzoqroq bo‘ling. Issiqda yong‘oq, yangi meva-sabzavot va dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish eng foydalidir.
Agar o‘zingizni yomon his qilsangiz, quyosh yoki issiqlik urishiga duchor bo‘lsangiz, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling. Shuningdek, terapevt bilan maslahatlashishingiz mumkin. “Tibbiyot markazi” klinikasida qabulga yozilish uchun telefon orqali yoki onlayn chat orqali bog‘lanishingiz mumkin.