Keling, tanishaylik. Mening ismim Romanova Elena Nikolayevna. Men urolog-androlog shifokorman. 2-kategoriyali shifokor, ish tajribam 12 yil.
2007-2014 yillar davomida Andijon Davlat Tibbiyot Institutini tamomladim.
2014-2016 yillar davomida urologiya bo'limida klinik ordinatura o‘tdim.
2023-2024 yillarda Moskva shahridagi FGBU "NMICT im. V.I. Kulakova" andrologiya kafedrasida malaka oshirdim.
2017 yildan hozirgi kungacha "Doktor D" klinikasida ishlayman. Bu yerda men buyraklar, siydik pufagi va prostata kasalliklari bo'lgan bemorlarga tibbiy yordam ko'rsataman. Erta ejakulyatsiya, erektil disfunktsiya, turli darajadagi erkaklar bepushtligi (azoospermiya)ni diagnostika qilish, konservativ va jarrohlik davolashni amalga oshiraman.
Shuningdek, men jarrohlik va estetika andrologiyasi bilan shug‘ullanaman, bunda mikrojarrohlik varikotselektomiya, jinsiy a’zoni denervatsiyasi, gidrotselektomiya, ligamentotomiya, falloprotetiklash, PRP terapiyasi kabilar mavjud.
Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, men ayollarda siydik yo‘llari kasalliklari, siydikni ushlab turish muammolari va tsistitlar bilan ham shug‘ullanaman.
Siz bilan o‘z professional faoliyatimni bo‘lishishga xursand bo‘laman. Ko‘rishguncha!